Nokia telefonlarimizni o’zimiz kompyuter orqali Phoenix dasturi orqali proshifka qilish

Assalomu alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari bugun ham yana bitta qiziqarli mashg’ulot o’tamiz.
Ya’ni Nokia telefonlarimizni o’zimiz kompyuter orqali proshifka qilishni boshqa dasturda sifatli (qayta programmalash) ni o’rgatmoqchimiz. Demak Biz bu dastur bilan ham Nokia telefonini o’chirilgan holda proshifka qilishni urgatmoqchimiz. O’chik holda proshifka qilishning asosiy sababi ishimiz tez va sifatli yakunlanadi.
Kerak bo'ladigan qurulmalar
1.Kompyuter (XP , Windows 7 , 8 turdagi)
2.Nokia telefoni va uning USB kabeli
3.Phoenix dasturi
4.Nokia_Connectivity_Cable_Driver
5.nokia_flashing_cable_driver
6.Telefonimizning Proshfka arxivi
Yuqorida sanab o'tilgan dasturlarni quyidagi pastdagi sahifalardan yuklab olishingiz mumkin.
Phoenix beta5 versiya Windows XP, 7 32bit lar uchun (104.8 mb)
Phoenix Windows7 x64 lar uchun (107.9 mb)
nokia_Connectivity_Cable_Driver (4.4 mb)
nokia_flashing_cable_driver (486 kb)
Telefonimizning Proshfka arxivi (nokia telefonlari)
Demak barcha dasturlarni ham yuklab oldik. Endi Ularni kompyuterga ustanovka qilamiz. Avvalo Phoenix dasturini Ustanovka qilamiz. Keyin Nokia_Connectivity_Cable_Driver drayverini o’rnatamiz. Undan keyin esa Nokia_flashing_cable_driver drayverini ustanovka qilamiz. So’ngra eng oxirida Telefonimiz proshifka dasturini kompyuterga ustanovka qilamiz.
Demak hamma dasturlarni ustanovka qilib oldik.Ana endi Proshifka qilmoqchi bo’lgan Nokia telefonimizni O’chiramiz va Kompyuterga USB kabel orqali ulaymiz. Endi esa Telefonimizni Yoqish tugmasini bir marta bosib qo’yvoramiz. Bu holatni 3-4 marta qayta – qayta qilamiz. Chunki telefonimizni Nokia_flashing_cable_driver drayveri topishi kerak. Drayveri topganini bilish uchun Мой компютер ga sichqonchaning o’ng tugmasini bir marta bosamiz. Chiqqan oynadan Диспетчр устройств ga bosamiz.


Keyin esa pastda ko’rsatilgan rasm ochiladi. Endi biz kompyuterga o’chik holda ulangan telefonimizni yana yoqish tugmasini bir marta bosib qoyvoramiz (1 sekuntda bosib qo’yvoramiz).Shunda o’chik Telefonimizni Kompyuter xuddi rasmda ko'rsatilgandek topadi va yana yuqoladi.. Kompyuter o’chik holda nokia telimizni topganda taxminan 2-3 sekunt turadi va yana yuqoladi. Chunki bu Nokia_flashing_cable_driver faqat proshifka vaqtida proshifka tugamaguncha o’chmay turadi. Demak pastdagi strelka ko’rsatgan holat sizda ham bo’ldi. Endi telefonimizni kompyuterdan uzamiz va Деспетчер Устройство oynasini pastga olib qo’yib yoki X tugmasini bosib chiqib ketamiz. Yana bir bor aytaman rasmdagi holat telefonni yoqish tugmasini bossa 2-3 sekunt turadi va yana yuqoladi. Bu tabiiy hol. Mana shu rasmdagi holat chiqguncha telimizni yoqish tugmasini har 10 sekuntda bosavering va shu rasmdagi holat chiqqanidan so’ng.Telni kompdan uzing.

Mana telefonimizni ham proshifkaga tayyorlab oldik. Endi Phoenix dasturiga kiramiz. Va File ni bosib Open product tugmasiga bosamiz. Rasmda ko’rsatilgandek.

Shunda quyidagi holat ochiladi. Bu yerdan telefonomiz Markasi va RM raqamini tanlaymiz. (Ba’zi tellarda faqat rm raqami turadi xuddi rasmdagidek.) biz hozir Nokia 6300 telefoni misolida ko’rsatib o’tamiz. Ko’rib turganingizdek faqat Rm raqami tuibdi. (telefonimiz RM raqamini *#0000# bosib bilib olishimiz mumkin). Demak telefonimiz markasi va RM raqamini tanlab Ok tugmasini bosamiz.

Quyidagi oyna ochiladi.E'tibor bergan bo'lsangiz rasmning eng pastida RM - 217 yozib chiqdi.Bu degani Hozir RM - 217 markali telefonni proshifkaga tayyorlayotgan degani.Demak endi Biz bu yerdan Flashing keyin esa Firmware Upgrade tugmasini bosamiz.

Shunda quyidagi oyna ochiladi. Biz strelka ko’rsatgan joyga bosib Telefonimizga qanaqa rang bilan proshifkalashni tanlaymiz.

Bu yerdan etibor bergan bo’lsangiz. So’zlarning oxirida ingliz tilida yozilgan rang nomi bor biz misol uchun birinchida turgan Choco rangini tanlab OK tugmasini bosamiz.

Mana bu yerda ko’k rangdagi strelkalar ko’rsatgan joylar telefonimizga proshifka bo’ladigan programma va uning versiyalari haqida ma'lumot. Endi biz tepaga qarab turgan qizil strelka ko’rsatgan Dead phone USB flashing ga ptechka qo’yamiz. Endi proshifkamiz telefonimizga o’rnatishga tayyomi yuqmi bilib olishimiz kerak. Buni bilish uchun Options tugmasiga bosamiz.

Mana bu oynada qizil strelka ko’rsatgan 3 ta bo’limda shunday holat turgan bo’lsa demak tayyor. Ok tugmasini bosib chiqamiz.Agar mana shu yerda 3ta bo'limdan yana boshqa qizil rangda proshika yozuvi bo’lsa uni o’chirib tashlang. Uni telifonimizga foydasi yuq. Zarar yetkazishi mumkin. Demak hammasini sozlagandan so’ng albatta OK tugmasini bosamiz.

Demak Options ga kirib sozlamalarni tekshirib oldik.Endi ekranda quyidagi holat paydo bo'ladi.Ushbu oynadan Refurbish tugmasiga bosamiz.

Demak endi telefonimizni o'chik holda sim-karta va fleshkasini olib kompyuterga USB kabel orqali ulaymiz va ekrandagi OK tugmasini bosamiz. Rasmda ko'rsatilgan.

Tepadagi rasmdagi OK tugmasini boganimizdan so'ng pastdagi rasmda Waiting for USB device… degan yozuv chiqadi shu vaqtda kompyuterga ulangan nokia telefonimizni yoqish tugmasini birmarta bosib qo’yvoramiz (uzog’i 50 soniyada ulgurish kerak). Shunda telni topib proshifka davom etadi. Proshifka taxminan 5-daqiqadan 15 daqiqagacha davom etishi mumkin.

Mana proshifkamiz ham boshlandi.Eslatma proshifka vaqtida ya'ni proshifka tugamaguncha USB kabelni kompyuterdan aslo uzmang. Aks holda yana qaytadan boshlashga to'g'ri keladi.

Bu oynada esa proshifkamiz telefonga o’rnatilayotgan bo’ladi. Strelka ko’rsatib turgan ko’k rangdagi zagruzka to’lishini kutamiz.

Hozircha hammasi joyida. Yana zagruzka to’lishini kutamiz. Mobodo Agar ekranda biror nima deb yozib chiqsa Да yoki Нет so’rasa Нет ni bosing. Ayrim hollarda ayrim tellarda so’raydi.Demak kutamiz...

Mana poroshifkamiz tugay deb qoldi yana 2 daqiqa ichida o’z nihoyasiga yetadi.

Mana shu yozuv chiqsa demak kompyuterga ulangan telefonimiz proshifkasi muvaffaqiyatli tugab telefonimiz yongan bo’ladi. Va OK tugmani bosib telni kompyuterdan uzib tekshirib ko’ramiz va xursand bo’lamiz. Chunki telefonimizni biz o’z qo’limiz bilan qayta dasturlagan bo’lamiz.

Ushbu maqola Nokia telefonlarining rasmiy sayti www.allnokia.ru saytidan foydalanib tayyorlandi.
Ushbu amalni Xp , Windows 7 , 8 turdagi kompyuterlar qo'llaydi. Telefonlardan esa Nokia s40 va s60 turdagi barcha telefonlarni proshifka qilsa bo'ladi.
Ushbu dastur orqali Nokia 2700 , 3110 , 5130 , 5230 , 6300 telefonlarini proshifka qildik va hammasida muvaffaqiyatli bajarildi.

Phoenix da proshifka qilish video qo'llanma (youTube)

Hurmatli foydalanuvchilar siz ushbu maqolada yozilgan amallarni bajaraoldingizmi.
Bu haqda biz bilan o'rtoqlashing.
Bu biz va boshqa foydalanuvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Pastda Izoh qoldirish manziliga kirib xabar qoldirishingiz mumkin.


Izoh qoldirish


Manba: www.307java.Tk
Maqolani Anonimous tayyorladi.
Bosh sahifa


Облегчить душу
BANS.NAME